“Ta’lim muassasalalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”

2019 yil 19 iyul kuni soat 14-00 da Toshkent davlat pedagogika universitetining anjumanlar majlislar zalida universitet professor-о‘qituvchilari о‘rtasida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati о‘tkazildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “О‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamlarini xabardor qilish va ong-bilimlarini oshirishda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni о‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qо‘yish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 19 iyul kuni soat 14-00 da Toshkent davlat pedagogika universitetining anjumanlar majlislar zalida universitet professor-о‘qituvchilari о‘rtasida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati  о‘tkazildi.

Tadbirni universitet rektori Sharipov Shavkat Safarovich kirish sо‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda universitet yoshlar bilan ishlash bо‘yicha prorektor Qо‘ysinov Odil Almurotovich, rahbar hodimlar va professor-о‘qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbirga  tashrif buyurgan  Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga  qarshi  kurashish qо‘mitasi raisi B.J.Matmurodov, О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi korrupsiyasiga qarshi kurashish boshqarma prokurori S.S.Mamanov, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.X.Bazarov, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bо‘lim boshlig‘i X.Eshov mavzu yuzasidan sо‘zga chiqdilar.

Dunyodagi barcha mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotgan illatlardan biri — korrupsiyadir. Korrupsiya — mansabdor shaxslarning, davlat xizmatchilarining о‘z xizmat vazifalarini suiiste’mol qilishlari, mansab vakolatidan  foydalanib, jinoyat olami vakillariga vositachilik qilishlaridir.Shuningdek korrupsiya va poraxо‘rlik davlatni ich-ichidan yemiradigan kuch ekanligi barchaga ma’lumligi  bugungi kunga kelib jinoyatning bu turi global muammo kasb etayotgani hususida ta’kidlab о‘tdilar.

Tadbir “Yoshlar” telekanali hamda “Yoshlar” radiosi  orqali yoritilishi rejalashtirildi.

 

Universitet ma’muriyati