Hashar – 2019: Tadbirning ilk kuni uyushqoqlik bilan oʼtkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʼrish, universitet hududida obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va yangi 2019-2020-oʼquv yiliga tayyorgarlik koʼrish maqsadida 2019-yil 17-18-avgust kunlari hashar tashkil etildi.

Hasharning ilk kunida universitet xodimlari hamda professor-oʼqituvchilar ishtirok etib, oʼquv binolari, talabalar turar joylari, sport maydonchalarida tozalash ishlarini olib borishdi.

17-avgust kuni hashar ishlari natijasida oʼquv binolarining sahni, hovlilar, maydonchalar obodonlashtirildi. Shuningdek, ariqlar va lotoklar tozalanib, yogʼingarchilik mavsumiga shay holatga keltirildi. Daraxtlarga shakl berib, oqlandi. Shuningdek, taʼmirlash ishlari olib borilgan talabalar turar joylari tozalanib, qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi.

Hashar ishlari bugun, 18-avgust kuni ham davom etmoqda.