TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI REKTORI PROFESSOR-О‘QITUVCHILARGA MUROJAAT BILAN CHIQDI

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida universitet Kengashining navbatdagi majlisi bо‘lib о‘tdi. Professor-о‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilgan kengaytirilgan yig‘ilishda universitet rektori Shavkat Sharipov sо‘zga chiqib, ilmiy jamoaga maxsus murojaat qildi.

Ma’lumki, 2019 yil 23 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bо‘lib о‘tgan edi. Mazkur yig‘ilishda о‘rtaga tashlangan masalalar ijrosiga bag‘ishlangan chiqishda universitet rektori professor-о‘qituvchilarga bir qator vazifalarni belgilab berdi. “Yangi о‘quv yilidan barchamiz о‘qituvchiga bо‘lgan munosabatimizni о‘zgartirishimiz kerak”, - deya davlatimiz rahbarining sо‘zlari bilan о‘z nutqini boshladi Shavkat Sharipov. О‘qituvchi nufuzini oshirishning dastlabki omili, bu о‘qituvchining о‘zi - uning bilimi. Nufuz taqdim etilmaydi, unga erishiladi. Jamiyatimizda bilimli, malakali pedagoglarni kо‘paytirish, ularning faoliyatiga keng yо‘l ochib berish yо‘li bilan ularning nufuzi oshirish mumkin. Shu nuqtai nazardan, Prezidentimizning jamiyatda pedagoglar nufuzini oshirish tо‘g‘risidagi tashabbuslarining eng birinchi manzili bu – biz, Toshkent davlat pedagogika universiteti. О‘qituvchilarni tayyorlash bо‘yicha Respublikada yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida biz bugun davlatimiz siyosatiga “labbay” deya javob bermog‘imiz lozim. Bizdan bugun ikki asosiy vazifa talab qilinmoqda. Birinchisi, о‘z ustimizda ishlash va pedagogika sohasini zamon talablari asosida rivojlantirish; Ikkinchisi, ta’limning eng quyi va asosiy bо‘g‘inini tashkil etuvchi о‘qituvchilar qatlamini bilimli va salohiyatli qilib tarbiyalash. Yurtimiz ta’lim sohasini isloh qilishda pedagogik oliy ta’lim muassasalari ikki hissa burchliroq.Sо‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish borasida qator ishlar qilindi. Xususan, Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-meyoriy asoslari mustahkamlandi.Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta’limi tizimi tiklandi. Biz bugun faoliyatimizni ushbu islohotlar bilan hamohang yо‘lga qо‘ya olyapmizmi? Boshlanayotgan yangi о‘quv yilida zimmamizga qо‘yilgan mas’uliyatni, tarix oldidagi burchimizni chuqur his etgan holda, о‘z vazifalarimizni ado etishga kirishaylik. Maktab ta’limining mazmuni yangilash, darsliklarni yaratish, metodikalarni ishlab chiqish bо‘yicha о‘zimizning ilg‘or takliflarimiz bilan ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlarga hissa qо‘shaylik. Murojaat davomida universitet rektori professor-о‘qituvchilarni faoliyatlariga tanqidiy baho berishga, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bо‘lmaslikka chaqirdi. Zero, “Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning о‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak", - dedi Shavkat Sharipov.