Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tabalalarga о‘z bag‘rini ochdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti yangi 2019/2020 о‘quv yilida talabalar uchun о‘z bag‘rini ochdi. Boshlanayotgan о‘quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti о‘zining Qashqadaryo viloyatida joylashgan yangi Shahrisabz filialiga, о‘quv binolariga ega bо‘ldi. 

Universitet talabalar turar joyi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlandi. Ta’lim sohasida, bugun universitetda yurtimizda mavjud barcha shakllarda talabalarni о‘qishga qabul qilish joriy etilgan. Pedagogika sohasida ta’lim olishni istagan yoshlarga bakalavr, magistr, tayanch doktorantura, sirtqi, maxsus sirtqi, kechki ta’lim turlarida bilim olish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Innovatsion pedagogika о‘zbek-belaruv qо‘shma fakulteti, Moskva pedagogika davlat universiteti bilan hamkorlikda ochilgan Rus tili yо‘nalishlari faoliyat olib bormoqda.

Bugun ta’lim muassasasining barcha talabalari uchun Mustaqillik darslari tashkil etilmoqda. Universitetga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun tashkil etilgan Mustaqillik darslariga О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qо‘mitasi raisining о‘rinbosari Qirg‘izboyev Abdug‘appor Karimjonovich taklif etildi. TDPU faxriy bitiruvchisi Qirg‘izboyev Abdug‘appor Karimjonovich talabalarga bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, maktabgacha, maktab ta’limini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, oliy ta’limni rivojlantirish asoslari tо‘g‘risida ma’ruza qildi. Universitetning professor-о‘qituvchilari tomonidan Mustaqillik darslari davom ettirilmoqda.