Stipendiyali va stipendiyasiz tо‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishing.

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bо‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tо‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda tо‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Jadvalda   kunduzgi ta’lim shakli bо‘yicha tо‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya tо‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan. Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga tо‘lanishi belgilanayotgan 400 000 sо‘m, bir yilda jami 4 800 000 sо‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi. Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha tо‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 о‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda tо‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

✅ Stipendiya bilan – 10 792 960 sо‘m (Mehnatga haq tо‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).

✅ Stipendiyasiz – 5 992 960 sо‘m (10 792 960 sо‘m - 4 800 000 sо‘m)

Izoh: 2019/2020 о‘quv yilidan boshlab tо‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik tо‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 sо‘m etib belgilanadi. Mehnatga haq tо‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab 634 880 sо‘m etib belgilangan. (Asos: О‘zbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765-son Farmoni)