"Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus ta'lim" kafedrasi mudiri bilan seminar o'tkazildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2019 yil 10 sentyabrda Rostok Universiteti (Germaniya) "Intellektual nogiron bolalar uchun maxsus ta'lim" kafedrasi mudiri prof. Katya Koch, kafedra xodimi Stefan Kell, Leybnits ilmiy axborot tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, 3-kurs talabalari ishtirokida ochiq muloqot shaklida seminar o'tkazdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan seminarda Oligofrenopedagogika kafedrasi o'qituvchilari, magistrantlar va Oligofregopedagogika yo'nalishi 2 kurs talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuv maqsadi – Rostok universiteti vakillarini O'zbekistonda korreksion pedagogika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish.

Seminarda intellektual nogiron bolalar uchun maxsus ta'lim olish uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha axborot almashuvi o'tkazildi, intellektual kamchiligiga ega bolalarni tarbiyalash va o’qitish yo'nalishi bo'yicha universitet o'quv rejasiga kiritilgan fanlarning ro'yxati ko'rib chiqildi. Katya Kochning aytishicha, Germaniyada aqliy nogironligi bo'lgan shaxslarga tegishli hayot sifatini ta'minlash va maksimal qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha alohida e'tibor berilmoqda. Ushbu shaxslarga moliyaviy qo'llab-quvvatlash va ish bilan ta'minlashiga yordam ko’rsatish, ya'ni kamchiligi darajasiga qarab, ish joylari ta'minlanadi.

Kelgusida ta'lim muassasalari o'rtasida tajriba va axborot almashishni davom ettirish rejalashtirilgan.