Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qilinadi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2020  yil uchun quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul  e’lon  qiladi:

 

Ixtisoslik shifri

Ixtisoslik nomi

Ajratilgan kvota

Tayanch doktorantura

Doktorantura

1

07.00.01

О‘zbekiston tarixi

1

1

2

13.00.01

Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

4

-

3

13.00.02

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bо‘yicha)

6

-

4

13.00.03

Maxsus pedagogika

1

-

5

13.00.05

Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi

1

-

6

13.00.07

Ta’lim menejmenti

1

-

7

13.00.08

Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi

1

-

8

19.00.01

Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiY. Shaxs psixologiyasi

1

-

 

 

                                         JAMI

16

1

 

Tayanch doktoranturada о‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ariza; qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi; nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

             Doktoranturada о‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ariza; qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bо‘lganligi tо‘g‘risidagi diplom nusxasi; tadqiqot mavzusi bо‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi; nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

             Hujjatlar 2019 yil 15 sentabr - 15 oktabr kunlari qabul qilinadi.

             Tayanch doktoranturada о‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida о‘rganilgan xorijiy til) bо‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Doktoranturada о‘qish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik bо‘yicha suhbatdan о‘tadilar.

             Qо‘shimcha ma’lumot olish uchun Toshkent davlat pedagogika universitetining Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi                    (71276-75-26, 71276-76-87) ga (manzil: 100185, Toshkent shahri, Bunyodkor kо‘chasi, 27-uy) murojaat etish  mumkin.