“Buyuk ipak yо‘li: sivilizatsiyalar chorrahasi” kо‘rgazmasiga tashrif

О‘zbek-Belarus “Innovatsion pedagogika” qо‘shma fakulteti  talabalari “Buyuk ipak yо‘li: sivilizatsiyalar chorrahasi” kо‘rgazmasiga tashrif buyurishdi

О‘zbek-Belarus “Innovatsion pedagogika” qо‘shma fakulteti Amaliy psixologiya ta’lim yо‘nalishining 201-guruh talabalari,“Yosh faylasuf” tо‘garagi a’zolari ”Falsafa” kafedrasi katta о‘qituvchisi Xalmatova SH.A rahbarligida yoshlar ma’naviy-ahloqiy kamolotida muhim о‘rinni egallovchi, ularning ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida “Buyuk ipak yо‘li: sivilizatsiyalar chorrahasi” kо‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.

Tо‘garak a’zolari  kо‘rgazma zallarida sayr davomida, kо‘rgazma fondlarida namoyish etilgan xalqimiz boy tarixini, urf odatlarini, ziyoratgohlarimizni, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni о‘rganib, inson qо‘li bilan yaratilgan zamonaviy san’at galereyasi mо‘jizalarini, betakror san’at nafisligini kо‘rib olam-olam zavq olib qaytdilar