“O‘qituvchining pedagogik mahorat va kreativligini takomillashtirish mexanizmlari” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta'lim fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi tamonidan onlayn seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq tarzda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat talablarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan dars mashg‘ulotlarini  samarali tashkil etish va mavjud yutuq va kamchiliklar,  talab va takliflarni  o‘rganish va tahlil qilish maqsadida universitetda “O‘qituvchining pedagogik mahorat va kreativligini takomillashtirish mexanizmlari” mavzusida 2019-yil 29-oktyabr soat 10.30 da Farg‘ona davlat universiteti, Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali hamda TDPU Shahrisabz filiali professor-o‘qituvchilari hamkorligida Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi tamonidan Onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Onlayn seminarda A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti professor o‘qituvchisi Ishmuhamedov R.J. pedagogik mahorat va kreativlikni takomillashtirish mexanizmlarini onlayn vebinar usulida keng yoritib berdi.