Fransiyalik mutaxassis tomonidan “Mahorat darslari” tashkil etildi

Joriy yilning 12-25 oktyabr kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida Fransiyaning Nissa universiteti professor-o‘qituvchisi Silvan Roa ishtirokida “Mahorat darslari” tashkil etildi.

Joriy yilning 12-25 oktyabr kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida Fransiyaning Nissa universiteti professor-o‘qituvchisi Silvan Roa ishtirokida “Mahorat darslari” tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim fakultetida tashkil etilgan “Mahorat darslari”da fransiyalik mutaxassis o‘z mamlakatidagi ta’lim-tarbiya sohasida bo‘layotgan yangilik, ta’lim samaradorligini oshirish usullari to‘g‘risida talabalar uchun mashg‘ulot olib bordi.

Safar chog‘ida mehmon universitetda o‘tiladigan ko‘plab dars mashg‘ulotlarini kuzatdi. Jumladan, Maktabgacha ta’lim fakultetining kafedralarida professor-o‘qituvchilar uchun ham “Mahorat darslari” tashkil etdi. Musiqa ta’limi yo‘nalishida talabalar bilan olib borilgan mashg‘ulot davomida Silvan Roa talabalar bilan yaqindan suhbatlashdi. Mehmonga Musiqa ta’limi yo‘nalishi talaba Anvarova Malika tarjimon sifatida hamroxlik qilib bordi.