“Universiada – 2019”: Kurashchilarimizdan quvonchli natijalar

Kurash sport turi bo‘yicha “Universiada – 2019” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi joriy yilning 5 noyabr kuni “Sog‘bon” sport zalida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada jami 14 ta OTMdan terma jamoalar  vaznlar bo‘yicha  o‘zaro bellashdilar. Murosasiz kechgan bahslarda Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi turli vazn toifalarida 6ta oltin, bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar jamoasida 81 kilogramm vazn toifasida ChHT fakulteti-302-guruh talabasi To‘raev Yahyo, 100 kilogramm vazn toifasida “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi  101 guruh talabasi Xudakov Rifat faxrli 1-o‘rinni, 90 kilogramm vazn toifasida Fizika-matematika fakulteti MO‘M yo‘nalishi 102 guruh talabasi Yusupov Hojiakbar 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, ayollar jamoasida 48 kilogramm vaznda Nurmurodova O‘g‘iloy, 63 kilogramm vaznda Pirnazarova Mohinur, 70 kilogramm vaznda Jumanova Iroda, 78 kilogramm vaznda Fayzulloeva Gavharbegim faxrli 1-o‘rinni egalladi va jamoaga oltin medallarni taqdim etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, kurash bo‘yicha universitetimiz jamoasi umumjamoa hisobda birinchi o‘ringa munosib topildi. G‘oliblar “Universiada-2019” musobaqalarining respublika bosqichida ishtirok etadi.