Onlayn ta’lim-ta’lim tizimidagi yangi imkoniyatlar

2019-2020-o‘quv yilida Rossiyaning oldi mutaxassis-tilshunoslaridan ta’lim olish imkoniyati yaratildi.

2019-2020-o‘quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Moskva davlat pedagogika universitetining yangi tashkil etilgan qo‘shma yo‘nalishi talabalarida Rossiyaning oldi mutaxassis-tilshunoslaridan ta’lim olish imkoniyati tug‘ildi.

Axborot texnologiyalari markazi va rus tili va adabiyoti fakulteti ma’muriyatining uyg‘unlikdagi ishlari tufayli "Rus tili" yo‘nalishi fanlaridan onlayn-darslar o‘tkazilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Bo‘lajak pedagog-tilshunoslar zamonning oldi texnikalari bilan jixozlangan to‘rtta auditoriyada o‘z kasbining negizlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirmoqdalar. Yuqori tezlikdagi simsiz internet va zamonaviy texnik vositalar mashg‘ulotlarni distansion va interaktiv shaklda o‘tkazishga imkoniyat beradi.

Barcha xohlovchilarni Nizomiy nomidagi TDPU va MDPUning qo‘shma yo‘nalishidagi onlayn-ta’lim jarayoni bilan tanishishga taklif qilamiz!