O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jarayoni

“O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jarayoni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

O‘zbekiston  Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Tarix” fakultetining “Tarix va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi 2019 yil 9 noyabr sanasida “O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jarayoni” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazdi. Konferensiyada Respublikamizning 13 ta oliy o‘quv yurtining  48 professor-o‘qituvchilari o‘zlarining xalqaro masalalarga bag‘ishlangan  ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar.

        Konferensiyani ochilish marosimida universitet rektori, professor   Sharipov Shavkat Safarovich so‘zga chiqib, konferensiya ishtirokchilarni tabriklab, ularga omad tiladi. Shunigdek, tarix fakulteti dekani, dotsent V.Ishquvvatov, O‘zR FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor Axmadali Askarov, professor E. Nuriddinov ham konferensiyani ahamiyati, hozirgi davrdagi xalqaro masalalar haqida so‘z yuritib, integratsiya jarayonlarida O‘zbekistonning ishtiroki masalalari yuzasidan o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib, konferensiya juda muhim masalaga bag‘ishlanganligini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.