BIENNALE DOIRASIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

“Arxitektura-qurilish sohalari hamda badiiy ta’limda innovatsiyaning o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

14 noyabrda II Toshkent Xalqaro amaliy san’at biennalesining O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining anjumanlar zalida “Arxitektura-qurilish sohalari hamda badiiy ta’limda innovatsiyaning o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tarkibidagi Toshkent arxitektura-qurilish kasb-hunar kolleji va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada xorijdan kelgan olimlar ishtirokida yurtimizda zamonaviy sharoitda arxitektura va qurilish sohasida kechayotgan jarayonlar va yangiliklar haqida so‘z bordi. Tadbirda “Ta’lim tizimini sifat va samaradorligini oshirishda Jahon tajribalaridagi innovatsiyalarning ahamiyati” (ma’ruzachi dotsent  U.Nurtoev), “Ulugbek madrasasi peshtoqidagi maxfiy ramzlarda yashiringan 18 ming olam xaritasi” (ma’ruzachi professor S.Bulatov), Инновационный подход в создании Ташкентского куранта (ma’ruzachi dotsent  D.Sultonova),  “Легенды  и  мифы связанные с  историческим архитектурным наследием Средней Азии(ma’ruzachi dotsent v.b. D.Tulanova), "Использование перспективы при строительствие традиций восточного учения на уроках инженерной графики и строительной архитектуры" (ma’ruzachi dotsent v.b. N.Gulomova) mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Qator OTMlar va kasb-hunar ta’limi muassasalaridan kelgan qirqqa yaqin professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, 5110800 -  Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etgan konferensiyada arxitektura-qurilish sohalari hamda badiiy ta’limda innovatsiyaning o‘rni va mohiyati xususida so‘z yuritildi, fikr almashindi.