5111500 - Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

5111500 – Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun chaqiriqqacha harbiy ta’lim bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir.

Tafsilot

Qisqacha

5111500 – Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun chaqiriqqacha harbiy ta’lim bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir.

Batafsil

5111500 – Chaqiriqqacha harbiy ta’lim ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha

bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi

 

4.1 Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi 5111500 – Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun chaqiriqqacha harbiy ta’lim bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir. 4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari. 5111500 – “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yо‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari – akademik litseylar,  kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, о‘quvchilar, о‘quv-tarbiya jarayoni, о‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari, matematik usullar. 4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari 5111500 – “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr о‘z psixologik-pedagogik, kasbiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbga oid faoliyat turlari:

  • о‘qituvchilik;
  • tarbiyachilik;
  • о‘quv-metodik;
  • ilmiy-tadqiqot.

Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi. 4.4 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari 5111500 – “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr ta’lim dasturini о‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak: -    о‘qituvchilik: akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida chaqiriqqacha harbiy ta’lim о‘qituvchisi bо‘lib ishlash; -    tarbiyachilik: akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bо‘lib ishlash; -    о‘quv-metodik: mos ta’lim yо‘nalishlar bо‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bо‘lib ishlash; ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bо‘lib ishlash va boshqalar.