Talaba yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish

“Talaba yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 20 noyabr kuni huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida “Talaba yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish: korrupsiyaga qarshi kurash; yoshlar orasida narkotik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlarini oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektoriO.A.Qo‘ysinov, Maktabgacha ta’lim  fakulteti dekani M.T.Mirsolieva,  QShIIBB o‘rinbosari yoshlarda huquqbuzarliklarni  oldini  olish bo‘yicha polkovnik M.Vafoev, huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ShIIBB o‘ribosari mayor M.Xo‘janazarova, Chilonzor tumani IIOFMBningxotin–qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul podpolkovnik Sh.Sobirova, katta leytenant Ya.Rustamova, mayor H.Diyorova, huquqbuzarliklarning oldini olish inspektori leytenant  G.Abdieva, 2-son tergov bo‘limi boshlig‘i mayor O.Xaydarov, Chilonzor tumani IIOFMB TEQKB tezkor vakili katta leytenant I.Turg‘unov, Chilonzor tumani IIOFMB tezkor vakili mayor J.Jumaev, DXX hodimi O.Qosimxonov, Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Qo‘ysinov Odil Alimurodovich ochib, yurtimizda yoshlarning xuquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilayotgani va bugungi tadbir ham aynan shu masalaga qaratilganligini izohlab, talabalarni loqayd bo‘lmaslikka, bo‘sh vaqtlardan mazmunli foydalanishga,   doimo ogoh bo‘lishga chorladi.

Chilonzor tumani IIOFMB TEQKB tezkor vakili katta leytenant I.Turg‘unov talaba – yoshlarga diniy ekstrimizm va terrorizmning tasiri, o‘ylamay bosilgan qadam va savodsizlik ustida sodir etilgan xatti-harakatlarning oqibati nimalarga olib kelishi haqida tushunchalar berib o‘tdi. Talabalarga mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

Chilonzor tumani IIOFMBning xotin – qizlar masalalari bo‘yicha leytenant  G.Abdieva ayollar o‘rtasidagi sodir etilayotgan turli jinoyatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berib, talaba qizlar hayotida uchrashi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarda o‘zlarini qanday tutishlari lozimligi to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat etishdi va huquqbuzarlik muhofazasiga oid qonuniy asoslar va jinoyatning salbiy oqibatlariga doir zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.