Sahovatli insonlar

“Nogironlar kuni”ga bag'ishlangan xayriya aksiyasi tashkil etildi

 Tabiiy fanlar fakultetida "Sahovatli insonlar" shiori ostida 3-dekabr “Nogironlar kuni”ga bag'ishlangan xayriya aksiyasi tashkil etildi. Bu aksiya doirasida maxsus qutida fakultet professor -o'qituvchilari va talabalari tomonidan yig'ilgan pullar ijtimoiy himoyaga muhtoj nogiron oilalarga hamda 30-sonli mehribonlik uyiga taqdim etildi. 2019-yil 28-noyabr kuni Yashnaobod tumanining 30-sonli Mehribonlik uyiga talabalar, fakultet Yoshlar ittifoqi faollari hamda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Z.Djumayeva birgalikda tashrif buyurilib ushbu mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg’alar ulashildi. Mehribonlik uyi rahbariyati universitet hamda fakultet raxbariyatiga o’z minnatdorchiliklarini bildirib, minnatdorchilik xati taqdim qilishdi.