YIL TALABASI – 2019

“Yil talabasi – 2019” respublika tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil talabasi – 2019” respublika tanlovining fakultet bosqichi g‘oliblari tanlovning universitet bosqichiga tavsiya etilgandi.

2019 yilning 23-24 oktyabr kunlari “Yil talabasi – 2019” respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Nizom asosida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra fanlardan o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan, universitet ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etayotgan, o‘z tanlagan sohasining bilimdoni, innovatorlik va tadbirkorlik faoliyatida tashabbuskor bo‘lgan talabalar g‘olib deb topildi va quyidagi o‘rinlarga munosib ko‘rildi:

1.      “YILNING O‘Z MUTAXASSISLIGI BO‘YIChA ENG BILIMDON TALABASI”

1-o‘rin sovrindori Ondrina Anna (Chet tillar fakulteti 4-bosqich talabasi)

 2-o‘rin sovrindori – Qudratova Lola (Pedagogika-psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasi)

3-o‘rin sovrindori - Murodov Nodirbek (Harbiy ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi)

2.      “YILNING ENG FAOL TAShABBUSKOR-TARG‘IBOTChI TALABASI” ­

          1-o‘rin sovrindori – Baxtiyorova Donoxon Ixtiyorxon qizi (Rus tili va adabiyoti fakulteti 401-RN guruhi talabasi)

         2-o‘rin sovrindori  Sunnat Ismailxonov (Fizika-matematika        fakulteti 4-bosqich talabasi)

3-o‘rin sovrindori – Lyubof Bugaenko (Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi)

3.      “YILNING ENG FAOL IXTIROChI-INNOVATOR TALABASI”

1-o‘rin sovrindori – Xolmatov Sardorbek Bahrom o‘g‘li  (Harbiy ta’lim fakulteti 204-guruh talabasi)

2-o‘rin sovrindoriAmonullaeva Anoraxon ­(Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi)

3-o‘rin sovrindori – Burxonova Madinabonu (Innovatsion pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi)

 

4.      “YILNING ENG FAOL SPORTChI TALABASI”

1-o‘rin sovrindori  Jumanova Iroda Shokirjon qizi (Boshlang‘ich ta’lim fakulteti JM 401-gurux talabasi)

2-o‘rin sovrindori Norpo‘latova Sug‘diyona (Maktabgacha ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi)

3-o‘rin sovrindori – Anastasiya Lebed (BGPU 1-bosqich talabasi)

 

5.       “YILNING ENG FAOL IJODKOR TALABASI”

  1-o‘rin sovrindori  Haqnazarova Dinara Baxodirovna (Texnologik ta’lim fakulteti TS-203 guruh talabasi)

        2-o‘rin sovrindori – Qarshiboeva Ziyoda (Tarix fakulteti  2-bosqich      talabasi)

      3-o‘rin sovrindori – Salaxiddinova Xolida (Rus tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi)

 

6.      “YILNING ENG FAOL BLOGER TALABASI”

             1-o‘rin sovrindori Abduhalikov Qalmaxon Abdumalik o‘g‘li (Tabiiy fanlar fakulteti GO‘M 401-guruh talabasi)

            2-o‘rin sovrindori –­ Jasur Tojiboev (Texnologik ta’lim fakulteti 4-bosqich talabasi)

            3-o‘rin sovrindori – Zilola Umurzoqova (Maxsus pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi)

 

7.      “YILNING ENG NAMUNALI TADBIRKOR TALABASI”

1-o‘rin sovrindoriZufarova Dilnoza Xayrulla qizi (Texnologik ta’lim fakulteti LD-303 guruh talabasi)

2-o‘rin sovrindori – Aziza Bozorova (Texnologik ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi)

 

Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari talabalar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida universitet rahbariyati tomonidan tantanali ravishda maxsus sertifikat va quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

birinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari miqdoridagi pul mukofoti;

ikkinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari miqdoridagi pul mukofoti;

uchinchi o‘rin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidan “Yil talabasi - 2019” respublika tanlovining yetti  nominatsiya bo‘yicha  1-o‘rin sovrindorlari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Tengdoshlariga har jabhada o‘rnak bo‘layotgan g‘oliblarimizga tanlovning respublika bosqichida universitetimiz sharafini munosib himoya qilishlarida omad va zafarlar tilaymiz.

 

Anvar RASULOV,

 Iqtidorli  talabalarning  ilmiy-

tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i