5111800 - Maktabgacha ta’lim

5111800 – Maktabgacha ta’lim  maktabgacha ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari о‘quvchilarini о‘qitish va tarbiyalash  metodlari, о‘kuv-tarbiya jarayoni, о‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir.

Tafsilot

Qisqacha

5111800 – Maktabgacha ta’lim  maktabgacha ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari о‘quvchilarini о‘qitish va tarbiyalash  metodlari, о‘kuv-tarbiya jarayoni, о‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir.

Batafsil

5111800 – Maktabgacha ta’lim ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi

4.1 Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi 5111800 – Maktabgacha ta’lim  maktabgacha ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari о‘quvchilarini о‘qitish va tarbiyalash  metodlari, о‘kuv-tarbiya jarayoni, о‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir. 4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari 5111800 – Maktabgacha ta’lim ta’lim yо‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari – maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, о‘quvchilar, о‘quv-tarbiya jarayoni, о‘qitishning pedagogik texnologiyalari, metodlari va usullari. 4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari 5111800 – Maktabgacha ta’lim ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr о‘z psixologik-pedagogik, kasbiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbga oid faoliyat turlari: -      о‘qituvchilik; -      tarbiyachilik; -      о‘quv-metodik; -      boshqaruvchilik; -      ma’rifiy ishlar; -      ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim vazifalarini bajarishi mumkin. Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi. 4.4  Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari 5111800 – Maktabgacha ta’lim ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr ta’lim dasturini о‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak: - о‘qituvchilik: maktabgacha ta’limga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari о‘qituvchisi; - tarbiyachilik: maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachi; - о‘quv-metodik: shu yо‘nalish bо‘yicha ta’lim tizimini boshqaruvchi vazirliklarning metodik kabinetlarida, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bо‘lib ishlash. - boshqaruvchilik: maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktabgacha ta’lim psixologik xizmat markazlarida maslahatchi; - ma’rifiy ishlar: ota-onalar uchun maslahat markazlarida; ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim vazifalarini bajarishi mumkin.