8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Besh bosqichdan iborat tadbirda davlatimiz qomusi hisoblangan Konstitutsiya va uning hayotimizda tutgan o‘rni to‘risidagi ma’ruzalar bilan boshlandi.

Tadbirni ochib bergan universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.Qo‘ysinov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlar masalasiga alohida to‘xtalib, bilim olish kafolatining aynan qomusimiz bilan ta’minlab qo‘yilganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng davlatimiz qomusiga oida mutaxassislarning ma’ruzalariga navbat berildi. Yuridik fanlar nomzodi, profeessor Utemuratov mahmud Ajimurodovich talabalarga “O‘zbekiston Konstitutsiyasi inson manfaatlarini himoya qilishning huquqiy poydevori” mavzusida, universitet dotsenti Qalqonoq Nuriddin Toshpo‘laovich “Konstitutsiya – siyosiy islohotlar asosi” mavzusida universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi M.Sobirova “Konstitutsiyada xotin-qizlar himoyasi masalasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Universitetning “Dilnavo” xor jamoasi tomonidan ijro etilgan “Bir-biringni asra, o‘zbegim” deb nomlangan qo‘shiq barcha tadbir ishtirokchilarini birlashishga, yurt ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat qilishga bo‘lgan haqiqiy chaqiriq bo‘ldi. Shuningdek, Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari Oyturdiev Aziz hamda Ahmatov Shahzod ijrosidagi vatanparvarlikni madh etuvchi “Mendirman” qo‘shig‘i davraga yanada shukuh bag‘ishladi. Qo‘shiq davomida universitetning Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti talabalari tomonidan qilingan harbiy jang san’ati chiqishi davomli olqishlarga sazovor bo‘ldi. Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarining ijodiy chiqishlari tadbirning yanada zavqli o‘tishini ta’minladi.

Tadbir davomida Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogika yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Insonning ma’naviy va madaniy saviyasi uning qonunlarga og‘ishmay amal qilishida namoyon bo‘ladi” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Noyabr oyida o‘tkazilgan mazkur tanlovning eng yaxshi 3 nafar ishtirokchisi diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.