O‘zaro hamkorlikning yangi bosqichi...

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika va Innovatsion pedagogika fakultetlari, M.Tank nomidagi Belarussiya pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi

Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasb mahoratini yanada oshirish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish, bu borada xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ham Rossiya, Belarussiya kabi davlatlarning oliy o‘quv dargohlari bilan xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda.Hamkorliklardan maqsad o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli integratsion aloqalarni takomillashtirish asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, talabalarni o‘qitish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyotini joriy etish bo‘yicha shartnomalarni imzolashdir.

Yuqoridagi fikrlarning misoli sifatida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika va Innovatsion pedagogika fakultetlari, M.Tank nomidagi Belarussiya pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi. Seminar Logopediya kafedrasi mudiri N.N.Bal, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.V.Churilo tomonlaridan Belorussiya ta’lim tizimidagi zamonaviy yutuqlar  mavzusida qizg‘in davra suhbati o‘tkazildi. Seminar ikki tomonlama savol-javob tarzida tashkil etildi. Seminar yakunida esdalik sovg‘alari ulashildi.