O’zbekiston Respublikasi madhiyasining 27 yilligi

10-dekabr - O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganining 27 yilligi

Tabiiy fanlar fakultetida 2019-yil 10-dekabr kuni “10-dekabr -  O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganining 27 yilli”ga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Bu tadbirda fakultetning barcha professor-o’qituvchilari, fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchilari va talabalari faol ishtirok etishdi. Tadbirni fakultetning 1 kurs talabalari olib borishdi. Tadbir davomida Madhiya haqida talabalarga ma’lumot berilib, barcha tantanali ravishda madhiyani jo’r bo’lib kuyladi.