2019-yil 7-dekabr kuni “Turli sanoq sistemalarida amallar bajarish” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.

2019-yil 7-dekabr kuni Masofaviy ta’lim kafedrasida Informatika fanidan “Turli sanoq sistemalarida amallar bajarish” mavzusida o’qituvchi Saidova Zaxro Rahmatullayevna tomonidan ochiq dars o’tkazildi.
Ochiq darsda o’quvchilar kichik guruhlarga bo’lingan holda berilgan topshiriqlarni bajarishdi. Darsda o’qituvchi “Auksion”, “Namoyish”, “Insert”, va “Muammoli vazifa” metodlari, “Kop-Kop” texnologiyasidan foydalangan holda amaliy mashg’ulotni olib bordi. Dars jarayonida talabalar faol ishtirok etishdi.