Mehribonlik uyiga tashrif

Joriy yilning 12-dekabr kuni Nizomiy nomidagi TDPUning  o’qituvchilari bir guruh talabalar bilan Xlebushkina nomidagi mehribonlik uyiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 12-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Xorijiy tillar-2” kafedrasi professor o’qituvchilari D.Dadajanova, T.Uralova, U.Umirova “8-dekabr – Konstitutsiya kuni” munosabati bilan kafedraga biriktirilgan yo’nalishlarda tahsil oluvchi bir guruh talabalar bilan “Uztoz-shogird” tizimi asosida Xlebushkina nomidagi   mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Mazkur tadbirni tashkil etishda insoniylik tamoyillariga asoslangan xayrli ishlarni davom ettirish, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolajonlarni holidan xabar olish hamda talaba yoshlar qalbida o’ksik qalblarga nisbatan mehr-muruvvat  uyg’otish maqsad qilib olingan. 

Tashrif chog’ida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga qishki kiyimlar tuhfa etildi