BDPU qoshidagi Inklyuziv ta'lim instituti professori, tibbiyot fanlari nomzodi Verenich Sergey Vyacheslavovich ishtirokida seminar tashkil etildi

2019-yil 19-dekabr kuni «Defektologiya» yo'nalishi 2-kurs talabalari o'rtasida «Masofaviy ta’lim» kafedrasida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarni Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti qoshidagi Inklyuziv ta'lim instituti, maxsus pedagogika va psixologiya asoslari kafedrasi professori, tibbiyot fanlari nomzodi, Verenich Sergey Vyacheslavovich olib bordi.

Sergey Vyacheslavovich talabalarni Belarus Respublikasida ta'limning tuzilishi va xususiyatlari bilan tanishtirdi, inklyuziv ta'limning maqsad va vazifalari haqida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Talabalar qiziqarli suhbat uchun o'z minnatdorchiligini bildirishdi va 2020 yil bahorda S.V.Verenichning Toshkentga navbatdagi tashrifi chog'ida kelgusi ma'ruzaga umid qilib qolishdi.