Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash – oliy ta’limning bosh mezoni

17 dekabr kuni Xorijiy tillar-2 kafedrasi tomonidan “Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda kasbiy kompetentlikning xususiyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

17 dekabr kuni Xorijiy tillar-2 kafedrasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ko’zda tutilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida kafedraga biriktirilgan fakultetlarning iqtidorli talabalari ishtirokida “Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda kasbiy kompetentlikning xususiyati”  mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Shu bilan birga ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy maqsadi talabalarni bo’lajak fan o’qituvchisi sifatida o’qitishning innovatsion usullarini tadqiq qilgan holda kelgusi amaliyotda samarali foydalanishga o’rgatish,  fanga oid yangiliklar va ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish layoqatini shakllantirish hamda talabalarda ona tili va chet tilda mutaxassizlik matnlari bilan ishlay olish ko’nikmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Talabalar anjumani “Xorijiy tillar-2” kafedrasi v.b. mudiri phD N.K.Yunusova tomonidan “Raqobatbardosh kadrlar tayorlash – oliy ta’limning bosh mezoni” mavzusidagi ma’ruza bilan boshlandi.

Tadbirga universitet kafedralari va boshqa oliy ta’lim muassasalaridan kelgan bir necha professor oqituvchilar taklif etildi. Jumladan, “O’zbek tili, qozoq tillar va adabiyoti” kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, pf. Yakubov I.A. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining mazmun mohiyatini atroflicha yoritib berdi. Shundan so’ng Toshkent Farmasevtika instituti “Tillar” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dots To’ychieva Saodat Meliqo’zievnaga navbat berildi. U o’zinning “Oliy ta’lim tizimida zamonaviy mutaxassizlarni deontologik talablar asosida tayorlash” mavzusida ma’ruzasi bilan ishtirok etib, yig’ilganlarga deontologiyaning maqsad va mohiyati va pedagogikada geontologik tamoyillarning ahamiyati borasida tushuncha berdi.

Ilmiy anjumanda bir necha iqtidorli talabalar o’z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Ayniqsa, talabalar - M. Perevozchikovaning “Teaching methods in modern education”, D Xayrullayevaning “Chet til o’qitishda tinglab tushinishga o’rgatish va takomillastirish”. Z. Qarshiboyevaning “Ko’hna turkey manbalarning xalqimiz ma’naviyatiga ta’siri” mavzusidagi nutqlari konferensiya qatnashchirlida katta ta’surot qoldirdi.