Umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini nazorat qilish va baholashning zamonaviy texnologiyalari: tajribalarni amalda qo‘llash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar

2019 yilning 16 dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Bektemir tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini nazorat qilish va baholashning zamonaviy texnologiyalari: tajribalarni amalda qo‘llash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarga Qozog'iston Respublikasi, Belarus DPU va “Masofaviy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchilari ham mehmonsifatida tashrif buyurishdi. Qozog'iston Respublikasi rahbar xodimlarning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi A.K.Kuandiqning “Qozog'iston Respublikasida ta’lim tizimi: kecha va bugun” mavzusidagi ma’ruzasi, M.Tank nomidagi Belarus DPU p.f.n. Varaneskaya Ye.I.ning “Belarus ta’lim tizimi” mavzusidagi ma’ruzasi, Nizomiy nomidagi TDPU professori M.E.Jumaevning “Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida xalqaro baholash tizimidan foydalanish” mavzusidagi ma’ruzasi hamda Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti A.V.Sadikovaning “O‘zbekistonda o‘quvchilarning ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini baholashda xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Tinglovchilar qo‘shni davlatlardagi ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.