Fizika-matematika

     Fizika–matematika fakulteti institut (universitet) tashkil topgan 1935-yilda 3ta fakultetning biri sifatida o'z faoliyatini boshlagan. 1968-yildan fizika va matematika fakultetlari alohida faoliyat yuritgan bo'lsa,  1999-yilga kelib yana fizika-matematika fakulteti sifatida ish boshladi.

Tafsilot

     Fizika–matematika fakulteti institut (universitet) tashkil topgan 1935-yilda 3ta fakultetning biri sifatida o'z faoliyatini boshlagan. 1968-yildan fizika va matematika fakultetlari alohida faoliyat yuritgan bo'lsa,  1999-yilga kelib yana fizika-matematika fakulteti sifatida ish boshladi.

Batafsil

    Fizika-matematika fakulteti 1935-yilda  institut tashkil topgan vaqtda 3ta fakultetning biri sifatida faoliyat boshlagan. 1968-yildan fizika va matematika alohida fakultet sifatida, 1999-yildan esa yana fizika-matematika fakulteti bir butun fakultet bo'lib faoliyat yuritib kelmoqda. Shu yillar davomida fakultetga R.Otajonov, M.Jdanov, S.Tursunov, B.Xabibullayev, S.Xodjayev, Sh.Maqsudov, M.Saydamatov, A.Boydedayev, N.Dadajonov, A.Xikmatov, X.Nazarov, M.Madirimov, M.Jо‘rayev, U.Begimqulov, E.Saydamatov, R.Abdullayev, B.Islomov, R.Turgunboyev, K.Jumaniyozov, D.I.Yunusovalar rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda fakultet dekani fizika-matematika fanlari nomzodi G‘.F.Jabbarov. 

Fakultetda pedagogik faoliyat olib borgan akademiklar: P.Q.Xabibullayev, Sh.A.Ayupov, Sh.Farmonov, R.Mо‘minov, yirik olimlardan R.Otajonov (О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi), professorlar: R.Mallin (Mallaboyev), SH.Maqsudov, J.Toshxonova, M.Ziyoxо‘jayev, A.Abduqodirov, N.Dadajonov, I.Ismoilov, R.Yunusmetov, B.Mirzaxmedov, A.Boydedayev, R.Boqiyev, E.Imamov, I.Sattorov, K.Nasriddinovlar bilan bir qatorda bugungi kunda О‘zbekistonning yetakchi olimlari: M.Djorayev, M.Mamadazimov, A.Abduqodirov, U.Yuldashev, M.Madirimov, K.Nasriddinov, O.Do’smatov va boshqalar talabalarga bilim berish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib bormoqda.

Fizika-matematika fakulteti “Matematika о‘qitish metodikasi”, “Informatika о‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavr, «Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Matematika)», «Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)», «Ta’limda axborot texnologiyalari», mutaxassisliklari bо‘yicha respublikamizning umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika, informatika hamda fizika va astronomiya fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda.

 

2017-2018-о‘quv yilida fakultet professor-о‘qituvchilari 1ta fundamental loyiha bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdi:

1) F-2.2.8.“Quyosh aktivligi va tojning yorug‘ nuqtalari”. Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sattarova.

Dastlab fakultetning fizika bo‘limida yagona - Umumiy fizika kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda umumiy fizika, elektro-radiotexnika, nazariy fizika va fizika o‘qitish metodikasidan mashg‘ulotlar olib borilgan. Matematika bo‘limida esa 1939-yilga qadar faqat bitta – Oliy matematika kafedrasi bo‘lib, unda T.N.Qori – Niyoziy, Sh.T.Maqsudov, M.Qodiriy, O.Karimiy va Suleymonovlar ishlaganlar.

1939-yilning kuzida Oliy matematika kafedrasi Matematik analiz hamda Geometriya va elementar matematika kafedralariga ajralgan. Ularda Hozirgi zamon algebrasi asoslari, Sonlar nazariyasi, Geometriya asoslari va geometrik yasash nazariyasi kabi fanlar o‘qitilgan.

1998-yildan boshlab bu ikki fakultet qayta birlashdi va fizika-matematika fakulteti deb nomlandi.

Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida U.Sh.Begimqulov, E.M.Saydamatov, R.Z.Abdullayev, B.Islamov, Q.Jumaniyozov, R.M.Turgunbayev, D.Yunusovalar mehnat qilgan.

Faxrli talabalarimiz...

Fakultetni bitirgan talabalardan R.K.Otajonov - Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ko‘zga ko‘ringan olim va maorif faxriysi, M.S.Saydamatov – xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.Turdiyev – xalq maorifi a’lochisi, A.G‘.Xikmatov – xalq maorifi a’lochisi, mehnat faxriysi, “Mehnat shuhrati” medallari sohibi, T.Rizayev – xalq ta’limi a’lochisi, M.Madirimov-O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi unvonlariga sazovor bo‘lishgan.

Fakultet bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan olimlardan, biologiya fanlari doktori professor, hozirda O‘rta Osiyo pediatriya instituti kafedra mudiri P.O.Hakimov, f.-m.f.d. professor M.G.Xaliulin (marhum), p.f.d. professor B.M.Mirzaxmedov, p.f.d. professor M.Jo‘rayev, A.Abduqodirov, N.Sherboyev, T.To‘laganov (marhum), Sh.Ahrorov, M.Mamadazimov, F.Zakirova, f.-m.f.d. D.Musayev (marhum), R.Beshimov, K.Xudayberganov, A.Zaitov, D.Yunusova va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.