“Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Innovatsion pedagogika” o‘zbek-belarus qo‘shma fakulteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga tashrif buyurishdi

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Innovatsion pedagogika” o‘zbek-belarus qo‘shma fakulteti 201-akadem guruhi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga tashrif buyurdi. 

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Innovatsion pedagogika” o‘zbek-belarus qo‘shma fakulteti 201-akadem guruhi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga tashrif buyurdi. Muzeyga sayohat davomida talabalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davri bilan, buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan alohida "Temuriylar davri harbiy san’ati" ekspozitsiyasi bilan harbiy yurishlar xaritalari, askarlar saflanishining sxemalari, qurol-aslahalar, nishonlar va Temuriylar davrining boshqa eksponatlari bilan, shuningdek, O‘zbekiston xalqining ikkinchi Jahon urushida ishtirokiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishish sharafiga muyassar bo‘lishdi. Muzeyga tashrif talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, shijoat va mardlik tuyg‘ularini uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etdi.