5 tashabbus amalda: “Innovatsion pedagogika” qo’shma fakultetida ARM xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Taqdimot yangi o'quv adabiyotlarining namoyishi, mazmunini qisqacha tushuntirish va ARM  xodimlari tomonidan tayyorlangan slaydlar namoyishi bilan birga o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish doirasida 4-tashabbus talaba-yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish  qo'shma fakultet talabalari orasida kitob o'qishni keng targ'ib qilish ni amalga oshirish maqsadida Nizomiy TDPU Axborot-resurs markazi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Nizomiy nomidagi TDPUning ARM direktori Xusanova X., direktor o'rinbosari K.Mahmudova va ARM xodimlari 1 va 2-kurs talabalariga, akademik guruhlar murabbiylari va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori topshigiga asosan TDPU uchun sotib olingan yangi avlod o'quv adabiyotlarini taqdimotini o'tkazishdi. 
Taqdimot yangi o'quv adabiyotlarining namoyishi, mazmunini qisqacha tushuntirish va ARM  xodimlari tomonidan tayyorlangan slaydlar namoyishi bilan birga o'tdi.
Taqdimot yakunida ARM vakillari talabalar va professor-o'qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.
Qo'shma fakultet dekanati rahbariyati ARM xodimlariga yangi avlod o'quv adabiyotlarini taqdimot qilgani uchun minnatdorchilik bildiradi.