O‘zbek-Belarus ”Innovatsion pedagogika” qo‘shma fakultetida “Vatan himoyachilar kuni” doirasida taniqli kinorejisser Z.Musoqov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek-Belarus ”Innovatsion pedagogika” qo‘shma fakulteti talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni” hamda 5 tashabbus doirasida O‘zbek milliy kinosining san’at ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan arbob, taniqli kinorejisser Zulfiqor Musoqov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. 

Tadbir davomida Zulfiqor Musoqov talabalarga o‘zining yaratgan filmlarida Vatanga muhabbat, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligiga xizmat qilishga yo‘naltirilgan ulug‘ fazilat – Vatanparvarlikni aks ettirishga harakat qilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Z.Musoqov talabalarni va uchrashuvga taklif etilgan professor-o‘qituvchilarni qiziqtirgan savolarga javoblar berdi.

Ushbu tashkil etilgan tadbir fakultet ta’lim-tarbiya jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish, innovatsion ta’limga ega, ma’nan yetuk, vatanparvar pedagog kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan edi.