«RANGLARGA OSHUFTA KO’NGIL»

2020–yil 9 yanvar kuni universitet 1–binosida Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’lim “Masofaviy ta’lim” kafedrasi professor–o’qituvchilari va “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo’nalishi 2–kurs TS 201/3 guruh talabalari tomonidan “Ranglarga oshufta ko’ngil” deb nomlangan ijodiy ishlar ko’rgazmasi tashkil etildi.

2020–yil 9 yanvar kuni universitet 1–binosida Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’lim “Masofaviy ta’lim” kafedrasi professor–o’qituvchilari va “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo’nalishi 2–kurs TS 201/3 guruh talabalari tomonidan “Ranglarga oshufta ko’ngil” deb nomlangan ijodiy ishlar ko’rgazmasi tashkil etildi. “Ustoz–shogird” an’analari asosida tashkil etilgan ko’rgazma 5 ta muhim tashabbusni o’zida qamrab olgan bo’lib, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga hamda xotin–qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan. 

Ko’rgazmada talabalardan Tilyabayeva Adiba, Valiyeva Rohila, Sidikova Iroda, Raxmatxo'jayeva Nilufar, Abdullayeva Dilrabo, Sadikova Zilola va Gaipnazarova Nasiba hamda ustoz M.Xasanovalar tomonidan ishlangan tasviriy va amaliy san’at namunalari namoyish qilindi. Yosh ijodkorlar tomonidan taqdim etilgan asarlar ko’rgazmaga tashrif  buyurgan san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg’otdi. Yosh ijodkorlarga ranglarga oshufta bo’lgan ko’ngil sohiblari o’zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan murojaat qildilar. 3 kun davom etgan ushbu ko’rgazma kafedra dotsenti M.B.Axmedov hamda ist’dodli pedagog va rassom M.Z.Xasanovalar tashabbusi va rahbarligida o’tkazildi.