Diqqat! Talabalar o‘rtasidagi “Universiada” sport o‘yinlari boshlanmoqda

2000-yildan buyon tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari bu yildan boshlab, yangi shaklga o‘tkazildi. 

Joriy yilning 23-yanvardan boshlab, yurtimiz talabalari o‘rtasida sportning 12 ta turi bo‘yicha o‘tkazib kelinadigan “Universiada” sport o‘yinlarining final bosqichiga start beriladi.

 

Xususan, 23–26- yanvar kunlari Navoiy shahri mezbonligida o‘tkaziladigan shaxmat va shashka bahslarida 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

 

Qayd etish lozim, 2000-yildan buyon tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari bu yildan boshlab, yangi shaklga o‘tkazildi. Ya’ni joriy yildan e’tiboran “Universiada” sport o‘yinlari Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilib, 4-iyunga qadar davom etadi.

 

O‘tkaziladigan  bellashuvlarda yurtimiz oliy ta’lim muassasalaridan jami 1 500 nafardan ortiq talaba qatnashadi. Universitetimiz talabalarini ham “Universiada” sport o‘yinlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Zero, sport – salomatlik garovi.

Eslatib o'tamiz, "Universiada-2019" sport musobaqalarida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti jamoasi kurash, basketbol, futbol, dzyu-do kabi sport turlari bo'yicha Respublikada faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan edi.