“Maktabgacha ta`lim” fakultetida qozog’istonlik mutaxassislar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

“Maktabgacha ta`lim psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi mudiri G.N.Ibragimova rahbarligida tashkil etilgan uchrashuvda qozog’istonlik mutaxassislar bilan sohaning dolzarb muammolari, maktabgacha ta’lim sohasining istiqbollari to’g’risida fikr almashildi.

2020-yilning 21-yanvar kuni “Maktabgacha ta`lim” fakulteti “Maktabgacha ta`lim psixologiyasi va pedagogikasi” va “Maktabgacha ta`lim metodikasi” kafedrasi o`qituvchilari bilan Qozog`iston Respublikasi SILKWAY xalqaro universiteti dotsentlari Sarsekenova A.J. va Dosmambetova J.S. ishtirokida uchrashuv tashkil etdi. “Maktabgacha ta`lim psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi mudiri G.N.Ibragimova rahbarligida tashkil etilgan uchrashuvda qozog’istonlik mutaxassislar bilan sohaning dolzarb muammolari, maktabgacha ta’lim sohasining istiqbollari to’g’risida fikr almashildi.

Qozog`iston Respublikasi SILKWAY xalqaro universiteti dotsentlari Sarsekenova A.J. va Dosmambetova J.S. “Maktabgacha ta’lim tarixi” mavzusida Maktabgacha ta`lim psixologiyasi va pedagogikasi guruhida seminar-trening o`tkazdi.