O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ta’limga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim tasdiqlandi

Hujjat bilan 2019-yil 1-avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati o‘rtasida ta’limga oid hujjatlarni, o‘qishga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 22-yanvar kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4570-sonli qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 2019-yil 1-avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati o‘rtasida ta’limga oid hujjatlarni, o‘qishga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Demak, yurtimiz oliy ta'lim muassasalarining diplomlari Belarus Respublikasida ham amal qiladi. 

Eslatib o'tamiz, universitetimizda Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda ochilgan Innovatsion pedagogika fakulteti faoliyat ko'rsatadi.