Turdosh oliygohlarda Sirtqi maxsus sirtqi talimni sifatli tashkil etishga oid seminarlar tashkil etildi

Qator turdosh oliygohlar: NamDU, FarDU, QDPI, JDPI, SamDU, TVChDPIda “Sirtqi maxsus sirtqi ta’limni sifatli tashkil etishga oid uslubiy-me’yoriy hujjatlarni yuritish, o‘quv adabiyotlari ta’minoti, ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalar bilimini baholash” mavzusida seminarlar tashkil etdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Masofaviy ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2020-yil 17-18-yanvar kunlari bir qator turdosh oliygohlar: NamDU, FarDU, QDPI, JDPI, SamDU, TVChDPIda bo‘lib, “Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni sifatli tashkil etishga oid uslubiy-me’yoriy hujjatlarni yuritish, o‘quv adabiyotlari ta’minoti, ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalar bilimini baholash” mavzusida seminarlar tashkil etdi. Seminar mashg‘ulotlarida bo‘lim boshlig‘i Sh.S.Abduraimov, kafedra mudiri D.N.Mamatov, M.B.Urazova, N.X.Voxidova, A.V.Sadikova, Z.M.O‘razova, M.Ahmedov, N.M.Muhitdinova, A.Mo‘minov,  Sh. Bekchanova, I.Matyakubov ma’ruza qildi. Seminarlar jonli muloqot asosida tashkil etildi. Seminar yakunida professor-o‘qituvchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.