Rasman: ​2020 yil – Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb eʼlon qilindi​

- Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʼtarish maqsadida, men yurtimizda 2020 yilga “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni, taklif etaman”.

​Аyni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etmoqda. Murojaatnomani tinglash maqsadida “Tashkent City”dagi Xalqaro kongress markaziga hukumat aʼzolari, davlat arboblari hamda tashabbuskor yoshlardan iborat tomoshabinlar tashrif buyurdi.

Tadbirda ishtirok etayotgan universitet matbuot kotibi Dildora Ibragimova xabar qilishicha, davlatimiz rahbari yangi 2020 yilni nomlash boʼyicha taklif berdi.

- Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʼtarish maqsadida, men yurtimizda 2020 yilga “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni, taklif etaman”, - dedi Shavkat Mirziyoev oʼz murojaatida.

Davlatimiz rahbarining taklifi qizgʼin qoʼllab-quvvatlandi.

Demak, yangi 2020 yil “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlanadi.