Shavkat Mirziyoyev: Joriy yildan pedagogik taʼlimning 6 yoʼnalishi boʼyicha oʼqish muddati 3 yil etib belgilanadi, davlat grantlari ikki barobar ko'paytiriladi

Taʼlim sohasida grantlar ikki barobarga koʼpaytiriladi. Qizlar uchun alohida grandlar ajratiladi. Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi ushbu grantlar asosida oʼqishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqadi. Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari optimallashtiriladi....

Prezidentimiz Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasidataʼlim sohasi haqida gapirar ekan, taʼlim sifatini xalqaro talablar darajasiga koʼtarish maqsadida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilishini aytdi.

 

Taʼlim sohasida grantlar ikki barobarga koʼpaytiriladi. Qizlar uchun alohida grandlar ajratiladi. Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi ushbu grantlar asosida oʼqishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqadi. Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari optimallashtiriladi.

 

Davlatimiz rahbarining taʼkidlashicha, asosiy eʼtiborni oʼqishga kirish jarayonini soddalashtirishga, oliy oʼquv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratmoq zarur. Misol uchun, ona tili boʼyicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish lozim. Bu fandan yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnomalar olsa, oʼqishga kirayotgan paytda ona tili boʼyicha qayta sinovdan oʼtishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.

 

Oliy taʼlim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Taʼlim yoʼnalishlari va oʼqitiladigan fanlar qayta koʼrib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi boʼlmagan fanlar soni ikki barobar qisqartiriladi. Tahlil qilganimizda oliy taʼlimda mutaxassislikka aloqador boʼlmagan fanlar 30 foizni tashkil qiladi. Bu esa yoshlarning ortiqcha vaqtini oladi. Oliy taʼlimda oʼquv jarayonlari kredit modul tizimiga oʼtkazish talab etiladi. Joriy yildan pedagogik taʼlimning 6 ta yoʼnalishi boʼyicha oʼqish muddati 3 yil qilib belgilanadi, dedi Prezident.