Udmurt davlat universiteti vakillari universitetga tashrif buyurdi

Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida 28 yanvar kuni universitetga Udmurt davlat universiteti vakillari tashrif buyurdi.

Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida 28 yanvar kuni universitetga Udmurt davlat universiteti vakillari tashrif buyurdi.

Udmurt davlat universiteti vakillari Axborotlashtirish, raqamli ta'lim muhiti va kasbiy yo'naltirish bo'yicha prorektor Xodirev P. M. hamda Geografiya, kortografiya va geoinformatika kafedrasi mudiri, dotsent Sidorov V.P. rektor qabulida bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan muloqot o‘tkazdi. Muloqotda ta’lim muassasalarining istiqboldagi hamkorlik aloqalari hamda tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalar bo‘yicha kelishuvlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar uchun universitetning Tabiiy fanlar fakultetida uchrashuv tashkil etildi. Fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mehmonlar chiqish qilib, Udmurt davlat universiteti faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari muassasada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda qabul jarayoni to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.