Talaba qizlar dabdabali to‘ylar, oilaviy tantanalarga qarshi!

Nizomiy nomidagi  TDPU talaba yoshlari, xususan  oila qurish ostonasida turgan talaba qizlar  o‘rtasida  oilaning mukaddasligi, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham va tartibli o‘tkazilishining ahamiyati  to‘g‘risida turli uchrashuvlar, tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi  Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentyabrdagi  №2736 - III/QQ - 592 - III- sonli Qo‘shma karori  3-ilovasi bilan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturining  18-bandida  belgilangan   vazifalarning ijrosini ta’minlash  maqsadida  Nizomiy nomidagi  TDPU talaba yoshlari, xususan  oila qurish ostonasida turgan talaba qizlar  o‘rtasida  oilaning mukaddasligi, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham va tartibli o‘tkazilishining ahamiyati  to‘g‘risida turli uchrashuvlar, tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Jumladan joriy  yilning 23-yanvar kuni  universitetga qarashli  7-va 8 – Talabalar turar joylarida  5-7-8-9- TTJlar da istiqomat qiluvchi talaba  qizlar  ishtirokida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishida bo‘lajak kelinlarning o‘rni”  mavzusida  davra  suhbatlari tashkil etildi.

Davra suhbatida  universitet  xotin qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti  raisi M. Sobirova, Maxsus pedagogika fakulteti  yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini D. Adilova,  fakultet murabbiylar kengashi raisi Z. Ahmedova,  shuningdek, Rus tili va adabiyoti   hamda Texnologik ta’lim fakultetlari xotin qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti  raislari M. Uzaqova, G. Sharipova, Tarix fakulteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi  dotsenti N. Saydalixodjaeva, kafedra o‘qituvchisi H. Jumanova ishtirok etib, oilaning mustahkamligi va uni mustahkamlovchi, shu bilan bir qatorda oila mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga, xususan,  dabdabali to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar keltirib chiqarayotgan zararli oqibatlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Davra suhbatiga  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi  Chilonzor tuman  bo‘limi rahbari Umida Turg‘unova taklif etildi.