“Innovatsion pedagogika” qo‘shma fakultetida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida Ichki ishlar vazirligi mutaxassisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ushbu tashkil etilgan tadbir talabalarning huquqiy sovodхonligini samarali tashkil etish, qonunlarga hurmat bilan yondashish, barcha qonunbuzarliklariga nisbatdan murosasizlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

O‘zbek-Belarus ”Innovatsion pedagogika” qo‘shma fakulteti talabalarning huquqiy savodxonligi hamda huquqiy ongini oshirish, talabalar jamoatchiligi orosida korrupsiyaga nisbatdan murosasizlikni kuchaytirish maqsadida 2020-yil 22-yanvar kuni O‘zbek-Belarus ”Innovatsion pedagogika” qo‘shma fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi militsiya podpolkovnigi A.A.Saidalimov bilan universitet faollar zalida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida militsiya podpolkovnigi A.A.Saidalimov qo‘shma fakultet hamda Defektologiya fakulteti talabalariga korrupsiyaga qarshi kurash fuqorolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy demokratik davlatni qurish yo‘lidagi amalga oshiriliyatgan islohotlarniтп eng muhim masalalaridan biri haqida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida huquqni himoya qiluvchi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish ishlari ham olib borilishi haqida to‘хtalib o‘tdi.  Tadbir davomida militsiya podpolkovnigi A.A.Saidalimov talabalarni va uchrashuvga taklif etilgan mehmonlarni qiziqtirgan savolarga javoblar berdi.

Ushbu tashkil etilgan tadbir talabalarning huquqiy sovodхonligini samarali tashkil etish, qonunlarga hurmat bilan yondashish, barcha qonunbuzarliklariga nisbatdan murosasizlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan edi.