Abituriyentlarda tanlash huquqi kengaydi

Bu yil abituriyentlar 6 ta bakalavriat yo‘nalishini tanlashi mumkin.

Ma'lumki, abituriyentlar uchun o‘tgan o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarida 3 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi joriy etildi. Bunday tartib natijasida, abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyati 3 barobarga oshdi. Joriy o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 6 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilishi rejalashtirilmoqda. Shuni alohida qayd etish kerakki, avvalgi yilda 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati yaratilgan bo‘lsada, fanlar ketma-ketligi, baholash mezoni turlicha (3,1; 2,1; 1,1 ball) bo‘lganligi sababli, imkoniyatdan to‘liq foydalanishga erishilmadi. Taklif etilayotgan yangilikka ko‘ra endilikda fanlar majmui ketma-ketligi, har xil ball berish tushunchasi bo‘lmaydi.