SILKWAY Xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent davlat pedagogika universitetida malaka oshirdi

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan bitiruv malakaviy ishlari, kurs ishlari, magistrlik dissertatsiyalari himoyalarida taqrizchi sifatida ishtirok etish, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish, hamkorlikda konferensiyalar va boshqa turdagi ilmiy-ijodiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ta’lim-tarbiya sohasidagi xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida SILKWAY Xalqaro universiteti (Qozog‘iston, Chimkent shahri) bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur hamkorlik doirasida yanvar oyida SILKWAY Xalqaro universitetining 10 nafar professor-o‘qituvchilari Toshkent davlat pedagogika universitetida 72 akademik soat miqdorida malaka oshirdi.

SILKWAY Xalqaro universitetidan malaka oshirishga yuborilgan professor-o‘qituvchilar malaka oshirish davomida universitetning axborot resurs markazi, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi va kafedralarning moddiy texnik bazasi va ilmiy salohiyati bilan tanishtirildi. Malaka oshirish davomida xorijlik professor-o‘qituvchilar ta’lim muassasasidagi darslarni kuzatish, tahlil qilish va o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, ular ishtirokida master-klasslar va seminarlar tashkil etildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xorijlik professor-o‘qituvchilar bilan bitiruv malakaviy ishlari, kurs ishlari, magistrlik dissertatsiyalari himoyalarida taqrizchi sifatida ishtirok etish, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish, hamkorlikda konferensiyalar va boshqa turdagi ilmiy-ijodiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Malaka oshirish so‘ngida qozog‘istonlik mutaxassislarga sertifikatlar taqdim etildi.