Bruney hukumati 2020-yilga mo'ljallangan ta'lim dasturlari

Arizalarni qabul qilish muddati: 2020-yil 13-fevral.

Bruney Hukumatining 2020-2021-yillarga mo'ljallangan ta'lim stipendiyalari va grantlarini taqdim etish dasturi doirasida stipendiya va grantlar uchun tanlov e'lon qilindi.

Ushbu dasturga ariza berganlar: applyBDGS2020@mfa.gov.bn elektron pochta manzilida ro’yxatdan o’tishi, taqdim etilgan hujjatlar asosida tanlovdan o'tishi, shuningdek ma'lum talablarga javob berishi kerak.

Ushbu dastur, ishtirok etish shartlari va arizalarni yuborish tartibi to'g'risida batafsil ma'lumotni www.mfa.gov.bn/Pages/BDGS.aspx veb-saytida olish mumkin.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2020-yil 13-fevral.

Tanlov natijalariga ko'ra talabgor ijobiy natija olgan taqdirda, TDPU bilan o'qishni tugatgandan so'ng ma'lum vaqt ichida universitetda ishlab berish to'g'risida shartnoma lozim bo’ladi.

Onlayn arizalarni to’ldirib, muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tgan nomzodlardan hujjatlar nusxalarini va xalqaro hamkorlik bo'limiga 210-xonaga ro'yxatdan o'tishni tasdiqlashni so'rab murojaat qilishlari so’raladi.

Xalqaro hamkorlik bo'limi, tel .: 71 2768225