Universitetda “Yashil to‘lqin” ekologik harakati tashkil etildi

Bu harakat maqsadi ma’lum bir hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish bo‘lib, bugun bunday jarayon Nizomiy nomidagi TDPU hududida boshlandi. 

Nizomiy nomidagi TDPU Yoshlar bilan ishalash bo‘yicha prorektor O.A.Qo‘ysinov, Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.Djumaeva va Tabiiy fanlar fakulteti Harbiy xizmatni o‘tagan tashabbuskor talabalari tashabbusi bilan “Yashil to‘lqin” ekologik harakati tashkil etildi. Bu harakat maqsadi ma’lum bir hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish bo‘lib, bugun bunday jarayon Nizomiy nomidagi TDPU hududida boshlandi. Belgilangan hududga ko‘chatlar ekilib, tozalandi. Bu ekologik harakatda universitet rahbariyati ham o‘z hissasini qo‘shdi.

Harakatning keyingi manzili Orol dengizi hududlari bo'lib, ko'ngilli talabalardan iborat jamoa orolbo'yi hududlarida ko'kalamzorlashtirish ishlariga o'z hissasini qo'shadi.