“O‘sma kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularning oldini olish choralari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Tadbirda o‘sma kasalliklari bo‘yicha mutaxassis Respublika onkologiya va radiologiya markazi hirurgiya bo‘limi doktori F.Hayitov ishtirok etib, talabalarga saraton kasalligi va uning og‘ir oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

4-fevral – Butunjahon rak kasalliklariga qarshi kurash kuni Xalqaro rakka qarshi kurash uyushmasi tomonidan 2005-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Ushbu sanada saraton kasalligining turlari, paydo bo‘lish sabablari hamda og‘ir asoratlari jamoatchilikka tushuntiriladi, profilaktika tadbirlari tashkil etiladi.

Xalqaro saratonga qarshi kurash kuni munosabati bilan universitetning Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limida “O‘sma kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularning oldini olish choralari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘sma kasalliklari bo‘yicha mutaxassis Respublika onkologiya va radiologiya markazi hirurgiya bo‘limi doktori F.Hayitov ishtirok etib, talabalarga saraton kasalligi va uning og‘ir oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

F. Hayitov o‘z ma’ruzasida o‘sma kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar va ularning oldini olish, sog‘liqni saqlash tizimida bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, ayollar orasida ko‘payib borayotgan ko‘krak bezi saratoni, uni davolash va oldini olish kabi mavzularda muhim ma’lumotlarni taqdim etdi.

Davra suhbati so‘ngida onkolog shifokor va talabalar o‘rtasida muloqot tashkil etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob oldi.