Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga ko‘chirishga ruxsat berildi.

O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 59-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 21 noyabrdagi 930-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandiga o‘zgartirish (https://lex.uz/docs/3420313)kiritildi.

Unga ko‘ra, sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga ko‘chirishga ruxsat berildi.