Kim qancha stipendiya oladi?

Hukumatning 2020 yil 31 yanvardagi “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʼlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʼlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 59-son qarori bilan 2020 yil 1 fevralidan boshlab, talabalarga yangi tartib asosida stipendiya taynilanadi. 

Yangi tartibga koʼra, kim qancha stipendiya oladi?!

Dastlab, barcha talabalar (stipendiyasiz kontrakt toʼlaganlar bundan mustasno) olgan bahosidan qatʼiy nazar 428 000 soʼm stipendiya oladilar. 

 

Endi talabaning oʼzlashtirishi, faolligi va ijtiomiy ahvolidan kelib chiqib, qoʼshimcha ragʼbatlanarkan. 

“Аʼlochi” talabalar (reyting koʼrsatkichi – 86 ball va undan yuqori) 513 600 soʼm (428 000 + 20%) stipendiya oladi.

 

Аgar “aʼlochi” talaba iqtidorli, jamoat ishlarida faol yoki ijtmoiy himoyaga muhtoj boʼlsa, unga yana belgilangan stipendiyaga nisbatan qoʼshimcha 50 foiz yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi: 513 600 + 50% = 771 000.

 

Demak, “5” bahoga oʼqiydigan, iqtidorli va faol talabalar 771 000 gacha stipendiya olishi mumkin ekan.

 

“Yaxshi” bahoga oʼqiydigan talabalar 428 ming soʼm stipendiya oladi. “4” bahoga oʼqiydigan iqtidorli, jamoat ishlarida faol yoki ijtmoiy himoyaga muhtoj boʼlgan talabalarga ham ularga belgilangan stipendiyaga nisbatan qoʼshimcha 50 foiz yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi: 428+50%= 642 000.

 

“Qoniqarli” bahoga oʼqiydigan talabalar 428 000 soʼm stipendiya oladi. 

 

Oʼquv semestrini fanlarning 30 foiz va undan ortiq qismi “qoniqarli” oʼzlashtirish bilan yakunlagan (reyting koʼrsatkichi – 71 balldan kam) davlat grantidagi talabalarga navbatdagi oʼquv semestrida stipendiya tayinlanmaydi. 

 

Yuqoridagilarning barchasi oliy taʼlim muassasalarida davlat granti yoki stipendiyali toʼlov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalarga taaluqli. 

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi 2019/2020 oʼquv yilidan boshlab, toʼlov-kontraktni “stipendiyali” yoki “stipendiyasiz” tarzda toʼlash tartibini joriy qildi (https://t.me/eduuz/1262).

 

“Stipendiyasiz” toʼlov-konrakt asosida oʼqish istagini bildirgan talabalarga yillik toʼlov-kontrakt qiymatidan 4,8 mln soʼm (bazaviy stipendiyaning bir yillik toʼlovi) chegirib tashlab, toʼlagan.

 

Yangi tartibga koʼra, stipendiyasiz kontrakt toʼlagan talaba ham ragʼbatlantiriladi. OTMlarda tashkil qilinadigan Talabalarni ragʼbatlantirish jamgʼarmasidan oʼquv semestrini “aʼlo” baho (reyting koʼrsatkichi – 86 ball va undan yuqori)lar bilan yopgan stipendiyasiz toʼlov-kontrakt asosida oʼqiydigan talabalar stipendiya bazaviy miqdori (428 000)ning 20 foizi miqdorida ragʼbatlantiriladi. 

 

Bundan tashqari stipendiyasiz kontrakt toʼlagan talabalar xalqaro, respublika va oliy taʼlim miqyosida oʼtkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari gʼoliblariga beriladigan SBMga nisbatan 

10 baravargacha miqdordagi bir martalik ragʼbatlantirish olishlari mumkin. 

 

Qolaversa, oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda boʼlgan bir martalik beriladigan moddiy yordam ham stipendiyasiz toʼlov-kontraktda oʼqiydigan talabalarga berilishi shart.