Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish tartibi tasdiqlandi

“Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2020 yil 10 fevralda 74-sonli Hukumat qarori qabul qilindi. 

Qaror bilan 2020 yilning 1 martidan eʼtiboran Oʼzbekiston Milliy universiteti bazasida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalari talabgorlarga mustaqil berish amaliyoti tajriba tariqasida uch yil muddatga joriy etiladi. 

 

OʼzMUda tajriba davomida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etadi hamda ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil beradi. 

 

Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasi – muayyan fan tarmogʼi boʼyicha tegishli mavzu yuzasidan bitta dissertatsiya doirasida innovatsion xususiyatga ega boʼlgan ilmiy yangiliklar olingan va ularning amaliyotga joriy etilishi salmoqli samara bergan falsafa doktori (RhD) ilmiy darajaga talabgorga fan doktori (DSc) va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etgan talabgorga falsafa doktori (RhD) ilmiy darajalarini berish amaliyotidir. 

 

Yangi himoya tizimi asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgor oʼz dissertatsiyasining ilmiy natijalarini amaliyotga tatbiq etadigan falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish boʼyicha izlanuvchiga ilmiy rahbar boʼlishi mumkin. 

 

Qaror bilan “Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom tasdiqlangan.