"Xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiruvchi jurnallarda maqolalar e'lon qilish" mavzusida master klas tashkil qilindi.

2020-yil 17-fevral kuni Toshkent davlat pedagogika universitetining anjumanlar zalida doktorant va professor-o'qituvchilar uchun Malaziya universiteti professori Eshquvvatov Zayniddin Karimovich tomonidan "Xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiruvchi jurnallarda maqolalar e'lon qilish" mavzusida master klas tashkil qilindi.

Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Barno Abdullayeva ochib berdi. Zayniddin Karimovich Scopus, H-index, Web of Knowledge (ISI), Citation index, Thomson Reuters, Journal Citation Report (JCR), Calculation of IF haqida to'liq va qiziqarli ko'rinishda ma'lumotlar berildi. Master klas davomida universitetimiz doktorantlari va professor-o'qituvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. ‼️(Ushbu professor bilan aloqaga chiqishingiz mumkin: ezainidin@gmail.com)